Dam olish mavsumi eng qizg’in pallasiga kelgan, va bu maqolada biz sizni ertakona hayollaringizni yakunlovchi besh ta muolaja haqida mulohaza o’tkazamiz.
Mukammal namlik
Teringiz qanchalik quruq bo’lsa, shunchalik toblanishni yomon qabul qiladi va teringizga ko’proq ultrabinafsha bilan zararlaydi. Teringizga suv normal balansini keltirishda biorevitalizatsiya ko’maklashadi. Bu gialuron kislotasini tanaga singdiradi. Uning noyob bo’lgan suv molekulalarini o’ziga tortish va ushlab turish hususiyati tufayli, ta’sir jarayoni 3-4 kungacham davom etadi va chamasi yarim yilgacha davom etadi. 30-35 yoshgacha bu muammoni professional ravishda parvarish qilish va gialuron kislotasini ishlatish bilan yechim topsa bo’ladi.
Ajinlarni halos qilamiz
Mayda ajinlar, akne izlari, chandiqlar va yorilmalardan qutilish uchun fraksion termoliz yordam beradi. Lazer nurlari mikroterminal davolovchi hududlarini – MDH tashkil qiladi. Teri deyarli zararlanmaydi, barcha muolaja o’tkazilgan hududlar juda tez tiklanadi. Yana bir muhim afzalligi shundan iboratki, uni ishlatishingizda infeksiya bilan zararlanish xavfi yo’q va yengil yonish hissi bor yo’gi bir necha soatgacha davom etadi.
Yorqinlikni nazorat qilish
Yog’ bezlarini faollashishini kamaytirish, mayda teri teshikchalarini to’lib qolishini oldini olish va yallig’lanish jarayonlaridan halos qilish uchun Jake uslibidagi yuz uqqalashi foyda beradi. Uqalashni yaqqol ijobiy o’zgarishlarni his qilmaguncha , haftada ikki-uch marta qilish kerak. Bir seans davomiyligi 10 daqiqadan ortiq bo’lishi mumkin emas, chunki bu uqqalash yetarlicha jarohat keltiruvchidir.Yog’li teriga apparat yordamida muolaja haqida to’htaladigan bo’lsak, u holda darsonvalizatsiyani amalga oshirishimiz mumkin: yuqori chastotali impulsli to’k yordamida yog’ bezlari faoliyatini tartibga solish mumkin va mayda teshikchalar kichiklashadi.
Siluetimizni belgilaymiz
Ta’til mavsumigacha sezilarli darajada vazn tashlashga ulgura olmaysiz, biroq biroz ixcham qomatga erishish uchun kriosauna qabul qilish yordamida erishishingiz mumkin. U kompleks tarzda ta’sir qiladi: kabinada juda sovuq havo (140- darajagacha) ikki-uch daqiqa qolsangiz, almashuv jarayoningizni tezlashtirasiz, limfodrenaj jarayonini yaxshilaydi va terini tonus holatiga keltiradi.
Sochlarni bo’yash va mustahkamlash
Yozgi kunlarda sochlarimiz quyosh ta’sirida bo’lganda, doimiy sochlarni bo’yashni o’rniga, uni ammiaksiz tonlamaga o’zgartiramiza. Bu bo’yoqlar sochlarni namlantiradi va maxsus ultrabinafsha filtrlariga ega. Sochlar bo’yalgan payt uni o’zini tabiiy rangi yoki ungadan to’qroq bo’lgan rangga bo’yalsa, u holda to’liq uzunligi bo’yicha bo’yaganlik ma’quldir. Sariq rangli sochlarga egalari, sochlarni izdizini, odat tusiga kirgan vositalar bilan ochartirilsa bo’ladi, yengil bo’yoqlar esa jingalak simon qilib ishlangan sochlarga qo’llash mumkin. Bo’yashni professional va sifatli mayin parvarish yo’li orqali amalga oshirish lozim.