To’g’ri qabul qilngan hammom , nafaqat salomatlikni yaxshilaydi, balki mushaklarni bosimini oladi. Eng asosiysi, salomatik bilan bog’liq bo’lgan muammolarni oldini olish uchun to’gri yo’l bilan hammom qabul qilishni bilish kerak.
Yodingizdami sovun terini quritish hususiyatiga ega, shu sabali, teri qattiq qurishni boshlaydi. Hammom qabul qilinayotganda, dush uchun geldan foydalanish tavsiya etilgan, ahir u barcha sovunlarda yumshoqroqku.
Cho’milishda issiq suvdan foydalanmang. Eng yaxshisi illiq suvdan foydalanish lozim, so’ngra muolajani sovuq bilan yakunlash kerak. Bu jarayon kengaygan terini toraytiradi va terini suvsizlikdan himoya qiladi. Kontrast dush yordamida, teri elastik holatga keladi, hamda tomirlarda qon aylanish faollashadi.
Suvga zudlik bilan tushman, ayniqsa issiq suvga. Issiq hammom qabul qilish, yuragi zaiflar uchun qarshi ko’rsatilgan, hamda gipertoniya va qandli diabet bilan xastalanganlar ham shu jumlaga kiradi.
Shu bilan birgalikda, sovuq suvga ham darhol tushish tavsiya qilinmagan. Muhim jihati shuki, yurak qismi suv sathidan balandroq holda bo’lishi kerak. Agar sizda yuqori harorat bo’lsa, u holda hammom qilish maqsadidan voz keching. Aks holda, kasallik alomatlarini yanada ko’paytirasiz.
Ovqat iste’mol qilgandan so’ng , zudlik bilan hammom qabul qilish ham tavsiya qilinmaydi. Hammomni ovqatdan 2 soat oldin yoki keyin qabul qilishingiz mumkin.
Illiq suvda odam teri bug’lanadi va qurib qoladi, shu sababli hammomni har kuni qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Hammomni haftada ikki marotaba qabul qilish eng to’g’ri uslub deb hisoblanadi.
Suvga tinchlantiruvchi o’t damlamalarini ham qo’shish mumkin : arslonkuyruk, valerian va archa o’lanlari. Suvga hushboy yog’larni qo’shmaganingiz ma’qul, chunki ular suv bilan aralashmay uni sathiga chiqib qoladi. Hammom tubini suv bilan to’ldirishdan avval, uni maxsus tozalovchi vositalar bilan yuvish lozim.
Hammom qabul qilganingizdan so’ng, tanangizga yumshatuvchi losion yoki krem surting, so’ngra yotoqingizga borib ko’rpa bilan yopining. Yotoqda kamida o’n daqida yotish lozim.