Facebook
Twitter
Pinterest
WhatsApp

Hayot qonuniga ko’ra, barcha insonlar qariydi. Biroq, hozirni o’zidayoq siz yoshlikni uzaytirishingiz mumkin, o’zingizni yoshingiz va unga aloqador bo’lgan kasalliklarga qarshi kurashishni bo’shlashingiz mumkin. Hayot turmush tarzini o’zgartirish lozim va sizga bizni foydali maslahatlarimiz yordam beradi.

Harakatda bo’ling. O’zingizni jismonan qo’llab quvvatlang, bu sizga sifatli energiya almashuvi va tonusda bo’lish holati, yoshlik va salomatlik garovi hisoblanadi. Tadqiqotlarning natijasi shuni isbotlaganki, yayov sayir qilish (bir haftada bir necha marta yetarli) , sizga kelajakda kognitiv buzilishlardan oldini oladi. Shuningdek, vazningizni nazorat qilib turing, chunki semizlik sizni kelajakdagi hayotingiz sifatini yomonlashtirishi mumkin.

Teringizni parvarish va himoya qiling. Pigment dog’lar qaerilikni hunuk belgisi hisoblanadi. Har doim terini quyosh nuridan maxsus namlantiruvchi vositalar bilan himoya qilish kerak.

Baliq iste’mol qiling. Baliq tarkibidagi yog’li omega-3 kislotalari, yurakni yallig’lanishiga qarshi kurashadi va uni yaxshi ishlashiga ta’sir qiladi. Asosan yog’li baliqlarni iste’mol qilish lozim: skumbriya, somon balig’i, alabaliq va sardine baliqlari (ularda omega-3 yog’lari ko’p).

Chekishni tashlang. Ma’lumki, chekuvchilar o’zlarini yoshiga nisbatan qariroq ko’rinadilar. Sigaretda mavjud bo’lgan qatronlar va kanserogenlar nafaqat ichki organlarga salbiy ta’sir qiladi, balki tishlar va teriga ham o’z ta’sirini o’tkazadi.

Mushaklaringizga mashq qiling. Agar umurtqa pog’onasi hayot ustuni hisoblansa, mushaklar esa karkas sifatida harakat qiladi. Og’ir mashqlar qilish juda muhimdir. Haftada kamida 2 marta mashg’ulot qilish lozim. Shug’ullanish jarayonida , qon kislorodga to’ladi, kaloriyalar eriydi, immunitet tizimi mustahkamlanadi, ishga qodirlik oshdi va kayfiyat ko’tariladi.

Vitaminlarni iste’mol qiling. Vitaminlar organlar salomatligi uchun juda muhimdir va ular qarilik belgilariga qarshi samarali kurashadi. A,C va E vitaminlari hujayralarni yosharishini quvvatlaydi, immunitet tizimini kuchaytiradi, sigaret tutunini zarari va zaharlanishini yo’q qiladi. Barcha antioksidantlar erkin radikallikdan hosil bo’lgan oksidlanishga qarshi kurashadi. Olimlar, aynan shu omil qarshni eng asosiy ayblanuvchisi deb ta’kidlashadi.

Har doim ijobiy ruhda bo’ling. O’smirlikda ham, Yetuk yoshda ham va qarilikda ham. Gap shundaki, qarilik – bu hayot yakuniga yetdi degani emas. Bu davrda ham o’zingizga qiziqarli mashg’ulotlar topsangiz bo’ladi va qandaydir yangilikni kashf qilishingiz mumkin. Olimlar tomonidan har hil o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi isbotlaydiki, qarilikga salbiy munosabat bildirganlar ko’proq yurak hurujiga uchrashga moyildirlar. Yosh – bu faqat raqamlardir. Agar o’zingizni yosh deb hisonlasangiz, demak bu haqiqatdan ham shunday!