Ayollar o’z go’zalligini va yosharish maqsadlarida, tabiat tuhfa etgan ne’matlardan ming yil avval foydalanishni o’rganib olishgan. Tabiiy vositalar, hech ham ta’sir etish bobida o’zlarini kimyoviy laborotoriyada tayyorlangan hamkasblariga bo’sh kelmaydi. Ba’zida ulardan teriga ta’sir etishda kuchliroqdir. Misol uchun, tabiiy moylardan tayyorlangan vitaminlar, sintetik moddadan ko’ra chuqur teri qavatiga kirishda ustunlikga ega. O’simliklardan tayyorlangan kosmetiklar uzoq muddatli natija beradi va haqiqiy shifobaxshlik bilan ta’sir qiladi. Biroq, ba’zi bir iste’molchilar bunday maxsulotlarga ba’zi etirozlari mavjud.  SHUTTERSTOCK_298254065_Super

Tezkor ta’sir ko’rsatishga qodir emasligi. To’la sintetik tarkibda ega krem vositasi, ajinlarni bir marta qo’llagandan so’ng ,holis etishi mumkin. Uni tabiiy hamkasibi esa, chamasi bir oydan so’ng ta’sir ko’rsatishga kirishadi. Shubhasiz, birinchi variant afzal bo’lib tuyulishi mumkin. Biroq, undan foydalanishni to’xtatsangiz, teringiz avvalgi holatiga kelib qoladi. Tabiiy o’simlikdan tayyorlangan vosita esa teringizni mayinlik bilan namlantiradi va epidemisni tonal holatga keltiradi va uni foydali mikroelementlar bilan boyitadi. Shuning hisobiga, ta’sir davomiyligi uzoq bo’ladi.

Suv orqali qo’llaniladigan tabiiy maxsulotlar (soch unchun sovunlar, shampunlar, balzamlar) ham tanqid qilinadi. Masalan, ularni yaxshi ko’pirmasligi sababli uni ishlatish jarayonini murakkablashtiradi. Sintetik vositalar esa SLS hisobiga ajoyib tarzda ko’piradi. Biroq bu modda teriga salbiy tasir qilivchi qatlamni hosil qiladi. Sochlar uchun oddiy balzamlardan so’ng sochlar shishadi, qalinlashadi va silliqlashadi. Bular uchun silikonlar ga «rahmat » aytamiz. Tabiiy o’simliklardan tayyorlangan vositadan foydalangandan keyin, sochlar yumshaydi va bu holat bizga qoniqmaganlik hissini paydo qiladi. Shundan so’ng, qo’limiz ya’na oddiy balzamlarga ketib qoladi. Lekin silikon faqatgina qalinlik va chiroyli soch turmagi tassvurii yaratadi, ammo aslida uni o’zi sochlarni noziklashtiradi. SHUTTERSTOCK_413237584_Huge

Shunday qilib, birinchi pallada o’simlikdan tayyorlangan kosmetikalar sizga, yetarlicha ta’sir ko’rsatmagandek tuyilishi mumkin. Biroq, ko’p miqdordagi tabiiy moddalar yakka jamlanma asosida astalik bilan o’z qudratini namoyish etadi. Bunday kosmetikaga ko’nikish va to’g’ri ishlatish uchun vaqt talab etiladi. Teringiz va sochingiz o’ziga hos tarzda, sintetik vositalarni «buzib tashlashi» kerak.Qo’llaganingizdan so’ng,bir oz vaqt o’tgach siz tabiiy o’simliklardan tayyorlangan vositani samaradorligiga baho bering, va shundan keyin siz u bilan ajrala olmay qolasiz.