Facebook
Twitter
Pinterest
WhatsApp
  1. Piling. Yuz teri singari, lablar muntazam ravishda tozalanishga muhtoj. Lablar uchun skrab qilish yordamida lablarni tashqi qiyofasini, sezilarli darajada yaxshilash mumkin va ular yumshoq bo’ladi. Hamda, qon aylanish jarayonini faollashtiradi. Ushbu muolaja lablarni yoshartiradi, sof holatga keltiradi, tez yangilanish jarayoniga ko’maklashadi va nozik bo’lgan qismlarda jonsiz hujayralarni qayta tiklaydi.

Lablar uchun skrablar, gel yoki krem sifatida ishlab chiqariladi, qisman bo’tako’z yoki kokos ekstraktlaridan tarkib topadi. Tarkibida kam miqdorda qand zarralari yoki mikroskopik sintetik zarralardan tashkil topadi, ular lablarni yumshoq qismiga ta’sir ko’rsatadi. Mayinlik bilan tozalash va qon aylanishini faollanishi, sizni lablaringizni yanada go’zal, yoshroq, yumshoqroq va jozibador qiladi. SHUTTERSTOCK_298467293_Super

  1. Oziqlantirish va namlantirish. Pilingdan keyin lablarni namlantirish va oziqlantirish zarurdir. Bu jarayonga atrgul va jojoba kosmetik yog’lari mukammal tarzda to’g’ri keladi. Lablar uchun balsam va gigienik lab bo’yog’ini faqlash darkor. Gigienik lab bo’yog’i, labni himoya va namlantirish uchun hizmat qiladi, masalan juda sovuq va issiq kunlarda qo’llaniladi. Balzam esa oziqlantiradi va qayta tiklaydi va bu vositani davoluvchi vositalar qatoriga qo’shsak to’gri bo’ladi.
  2. Zararli ta’sirlardan himoya qilish. Atrof – muhitimiz , odam va uning terisiga ta’sir qiladi. Shamol, jazirama issiqlik, qattiq sovuq yoki issiq yozgi kunlar – bularni barchasi nozik lab qavatini qurib qolishi, qo’pol holatga kelishi va yorilishiga sabab bo’ladi. Bunday holatlarda, lipid tarkibli kosmetika vositalarini qo’llanilishi tavsiya etilgan, u lablarda yupqa himoya qavatini hosil qiladi. Vitaminlar tarkibiga e’tibor berish ham muhim, E va F vitaminlari, hamda turli mineral yog’lar juda foydali bo’ladi.

Lablarni quyoshdan saqlovchi vositalar, UVA va UVB nurlaridan himoya qilishi zarurdir. Shunung uchun ham siz maxsulotning tarkib yorliqiga alohida e’tibor bering.

  1. Suvsizlanishdan himoya qilish. Optimal gidrobalansni tiklash uchun va suzsizlanishga yo’l qo’ymaslik uchun siz lab kosmetikasida (balzam, lab bo’yog’I, niqob) shaftori, avkado moylari,bug’doy boshog’I, karate yoki bodring ekstrakti tarkiblariga ega vositani harid qilishingiz maqsadga muvofiq.
  2. Yosharish. Inson yoshi o’tgan sari uni terisi quvvatini yo’qotadi, bu holat lablarda va butun organizmda ham kuzatiladi. Qarishga qarshi bo’lgan «Anti-age» chizig’iga e’tibor bering. Agar siz 35+ yoshda bo’lsangiz, unda shubhasiz qarishga qarshi parvarish haqida o’ylashni boshlashingiz mumkin. Turli hil achitqilar, lifting kremlari va gellarni lablaringizni konturasini ko’tarish uchun qo’llashingiz mumkin, bular mimik ajinlar yo’q qilishda va ajoyib tarzda lablaringizini yangilashda hizmat qiladi. SHUTTERSTOCK_151548218_Super

Shuni unutmangki, lablaringizni maftunkorligi – bu balki eng muhimi emasdir, biroq baribir qurol sifati e’tirof etiladi. Erkaklar sizga nazar tashlab, bunday maftunkor lablaringizdan, ehtirosli bo’sa olishni orzu qilishsin.