Bu ko’p funksional meva, sizga kosmetik vositalar uchun ajratib qo’ygan mablag’ingizni tejaydi. Limonlarni nafaqat ovqatlarga qo’shin iste’mol qilish mumkin. Ularni o’zingizni parvarish qilish uchun qimmatbaho vositalar o’rniga ham foydalanishingiz mumkin.

SHUTTERSTOCK_280471487_Huge

Og’izdan keluvchi badbo’y hidlarni yo’qotish. Og’iz bo’shlig’ini limon sharbati va suv bilan chaysangiz, siz badbo’y hid taratuvchi bakteriyalarni gumdon qilasiz. Bundan tashqari, limonni to’rtdan bir qismini suv bilan chaynashingiz ham mumkin

Terini yumshatish. Limon po’chog’ini shakar bilan zaytun yog’ida yarim soat davomida damlab qo’ysangiz . Siz bu holatda, o’zingiz teri uchun qo’lbola skrab vositasini tayyorlaysiz. Uni qurib qolgan tirsaklarga, tizzalarga va tovonlarga qo’llashingiz mumkin.

Quyoshli melirovaniya. Sochingizni ba’zi qismini ochartirishni istaysizmi? U holda sizga limon sharbatini konditsioner vositasi bilan aralashtirib va uni toblanishingizdan avval, nam holdagi sochlaringizga surtasiz.

« Yo’l- yo’l » bo’lib qolgan toblangan rangdan qutilish. G’adir-budur bo’lgan tana qismingizni tekislash uchun, siz yarim bo’lak limonni muammoli bo’lgan tana qismingizga, uqqalash yo’li bilan surtishingiz lozim.

Sarg’ayib qolgan tirnoqlarni oqartirish. Barmoqlaringizni limon sharbatini ichiga tiqing va 5 daqiqa ushlab turing. Kelajakda dog’lar hosil bo’lishini oldini olish uchun, tirnoqlarni rangsiz tirnoq laki bilan bo’yash kerak.

SHUTTERSTOCK_286520909_Huge

Husnbuzar toshmalarini bartaraf etish. Limon sharbatini uhlashdan avval, zaharlangan qismga qo’llash kerak.